У нас есть только
оригинальные песни

AQShda avtomobillarning yon oynasini sindirgan bezori qo‘lga olindi. U qizilishton bo‘lib chiqdi

calendar 26.10.2017
1752

AQShning Atlanta shahrida yashovchi aholi vakillarining avtomobillari yon oynasini kunduz kuni kimdir sindirib keta boshladi, deb yozadi TJournal.

Noma’lum bezori o‘nlab avtomobillarning oynasini sindirib ketgan.

Oynalar kunduz kuni sindirilgan, biroq bezorini hech kim ko‘rmagan. Shundan so‘ng, avtomobil egalari politsiyaga shikoyat qildi. Politsiyachilar mazkur bezorilikni kim uyushtirayotganini uzoq vaqt aniqlay olmadi.

Bir haftadan so‘ng mahalliy aholi vakillaridan biri “jinoyatchi”ni topdi: U qizilishton bo‘lib chiqdi.

Erkakning so‘zlariga ko‘ra, u qushni mashina oynasini sindirayotgan paytda tutib olgan. Qushga oynadagi o‘z aksi yoqmagan va u oynani cho‘qilay boshlagan.

Atlantada qizilishton qo‘riqlanadigan jonivorlar turkumiga kiradi, shuning uchun uni o‘ldirish taqiqlangan. Hozircha mahalliy aholi vakillari avtomobillari oynasini mustahkam polietilen paket bilan o‘rab qo‘ymoqda.

Яндекс.Метрика