AQShning
Missisipi shtatidagi restoranlardan birining avtoturargohidagi eng
kamida 12ta avtomobil er ostiga kirib ketdi, deya xabar qildi Dallas
Morning News nashri.
Hodisa Meridian shahrida bo'lib o'tdi.
Guvohlarning so'zlariga ko'ra, avval
ular qattiq shovqinlarni eshitishgan, so'ngra elektr toki o'chib qolgan,
yo'lning bir qismi o'pirilib ketgan.
Nashrning xabar qilishicha, hosil bo'lgan o'pirilishlarning uzunligi 120 metrdan oshadi, kengligi — taxminan 10 metr.
O'ra chuqurligi esa 4,5 metrdan iborat.
Hodisa sabablari hozircha no'malum. Tekshiruv ishlari 9 noyabr kuni boshlanadi. Mazkur ofatdan hech kim jabr ko'rmagan.