У нас есть только
оригинальные песни

AQShda basseyndan chiqa olmagan ayol Facebook orqali yordam so'radi

calendar 20.08.2017
2124

AQShda basseynda cho'milayotgan ayol undan chiqa olmagandan keyin Facebook orqali do'stlari va obunachilariga yordam so'rab murojaat qilgan. Bu haqda ABC telekanali xabar bergan.

Ta`kidlanishicha, ushbu voqea Nyu-Gempshir shtatida yashovchi 61 yoshli Lesli Kan bilan yuz bergan.

U o'z uyi hovlisida joylashgan basseynda bir o'zi cho'milayotgan bo'lgan. U basseyndan zinapoya orqali chiqmoqchi bo'lganda, zinalardan biri sinib ketgan va ayol basseyndan chiqa olmagan.

Voqea yuz bergan vaqtda uyda boshqa hech kim bo'lmagan. Shunda ayol sachok yordamida yaqin orada yotgan iPad’ni o'ziga tortib olib, o'zi yashaydigan tuman aholisining Facebook’dagi guruhiga yordam so'rab xabar yozgan. U e`tiborni jalb qilish maqsadida yozuvga favqulodda xizmatlar telefon raqami –  911’ni qo'shib qo'ygan. 

Яндекс.Метрика