У нас есть только
оригинальные песни

AQShda birinchi tirik mikrochip yaratildi

calendar 11.12.2015
1871

Amerikalik biomuhandislar va mikroelektronika mutaxassislari dunyodagi birinchi mikrochipni ishlab chiqdi, deya xabar bermoqda “Hi-tech.mail.ru”. Kremniy mikroelektronikasi va biologik tizimlar elementlarini bitta tarkibiy qismga birlashtirishga muvaffaq bo‘lishdi.

Chip asosini alohida yog‘ membranasi tashkil qiladi. U ATF (adenozintrifosfat) molekulalari ichidagi energiyani elektr tokiga aylantiradi, u mikrosxema deb hisoblanishi mumkin.

“Endi chiplarni energiya to‘plashga yoki, hatto, molekulalarni tanib olishga o‘rgata olishimizdan xursandmiz. Boshqacha qilib aytganda, chip ‘hidlay oladi’ hamda ‘mazasini ko‘ra oladi’”, — dedi Kolumbiya universiteti fizika olimi Ken Shepard.

Innovatsion mikrochip uchun quvvat manbai rolini ATF molekulalari bajaradi. Chip ATFga boy muhitga tushganida u ushbu energiyadan quvvatlanadi va uni elektr tokiga aylantiradi.

Shepard so‘zlariga ko‘ra, tirik mikrochipdan muhitda toksinlar, masalan, rak hujayralari bor-yo‘qligini aniqlashda foydalanish mumkin. Qurilma, shuningdek, portlovchi moddalarni qidirib topishga o‘rgatilgan itlar o‘rnini ham bosa olishi mumkin.

Яндекс.Метрика