У нас есть только
оригинальные песни

AQShda dunyodagi eng yirik McDonalds restorani yopib qo'yildi

calendar 02.01.2016
1912

AQShning Florida shtatidagi Orlando shahridan uzoq bo'lmagan hududda joylashgan dunyodagi eng yiri McDonald's restorani yopildi. Bu haqda Time nashri xabar berdi.

Bu restoran 1976 yilda "Disneylend" ko'ngilochar majmuasi qarshisida ochilgandi. Tashqi ko'rinishi qovurilgan kartoshka solingan ulkan qutini eslatuvchi binoda bouling, yaxmalak maydoni va o'yin avtomatlari zali ham bo'lgan.

McDonald's vakillari xabariga ko'ra, eskirgan bino o'rnida yanada ulkanrog'i (1750 kv m hududda) qurilishini ma'lum qilishgan.

Restoranning yangi binosi 2016 fevralidayoq ochilishi kutilmoqda.

Яндекс.Метрика