У нас есть только
оригинальные песни

AQShda egizaklar 2015 va 2016 yillarda dunyoga keldi

calendar 05.01.2016
2106

AQShning San-Diego shahrida yashovchi ayol dunyoga keltirgan egizaklardan biri 2015 yilda, ikkinchisi esa 2016 yilda tug'ildi, ularning orasidagi farq ikki daqiqani tashkil qildi. Bu haqda AVS nashri xabar berdi.

Aytilishicha, birinchi bola 2015 yil 31 dekabrida, soat 23:59da, ikkinchisi 2016 yil 1 yanvarida, soat 00:01da dunyoga kelgan.

Egizaklarning otasi Lui Valensaning ta'kidlashicha, egizaklarning biri o'g'il, biri qizdir. Uning uqtirishicha, bolalar yanvar oyining oxirida tug'ilishi kutilayotgan edi, ammo shifokor ayolga tezroq tug'ishni, shu yo'l bilan kutilayotgan ayrim qiyinchiliklarni chetlab o'tishni tavsiya qilgan. Shu bois ayol rejadagidan tezroq tug'ruqxonaga olib kelingan.

Яндекс.Метрика