У нас есть только
оригинальные песни

AQShda Facebook’ni siyosiy noxolislikda ayblashdi

calendar 10.05.2016
912

Facebook ijtimoiy tarmog‘i, go‘yoki, konservativ OAVlar ma’lumotlarini liberal OAVlar foydasiga puxtalik bilan filtrlashi haqidagi xabarlardan so‘ng tanqidlar ostida qoldi, deb yozadi “RBK”. AQShda siyosiy spektrning chap qismiga tegishli, asosan Demokratik partiya tarafdorlarining nashrlarini “liberal” deb atashadi (respublikachilar an’anaviy kapitalizmi tarafdorlari esa — konservativ OAVlar).

9-may, dushanba kuni Gizmodo Facebook’ning yangiliklarni nazorat qilgan sobiq xodimlariga tayanib, ijtimoiy tarmoq ma’muriyati konservativ mushtariylar uchun qiziqish uyg‘otishi mumkin bo‘lgan xabarlar tarqalishini doimiy ravishda cheklab turishini ma’lum qilgan edi. Liberal lagerga taalluqli yangiliklar esa, ular hatto yetarli darajada ommabop bo‘lmasa-da, sun’iy ravishda olg‘a surilgan.

“Kimningdir kun tartibiga to‘g‘ri kelmaydigan nuqtai nazarni va materiallarni bosdi-bosdi qilish uchun shunday kuch ishlatilishi haqidagi xabar o‘ta kuchli xavotir uyg‘otadi”, — deyishdi AQSh Respublikachilar partiyasi Milliy qo‘mitasidagilar.

“O‘nglarni ta’qib qilishga yordam berish bilan birga, bu Kremniy vodiysi tomonidan kontent nazorat qilinishining xavfi to‘g‘risidagi asosiy eslatmadir ham”, — dedi The Guardian sobiq jurnalisti Glenn Grinvald.

O‘z navbatida, Facebook matbuot kotibi ijtimoiy tarmoq “hamjihatlik va neytrallikni ta’minlash maqsadida” qat’iy tamoyillarga rioya qilishini aytdi.

Яндекс.Метрика