AQShda innovatsion avtomobil raqamlariga o'tilmoqda

Raqamli texnologiyalar asrida inson avtomobil raqamlari kabi oddiy narsani ham maksimal darajada ko'p vazifali qilishga intiladi. Raqam va harflardan iborat metall tablichkadan oddiyroq narsa ham bo'lishi mumkinmi? Uni qanday yaxshilash mumkin? Reviver Auto kompaniyasi muhandislari va dizaynerlari kelajak avtomobil raqamlari qanday bo'lishi borasida o'z qarashlarini taklif qildilar va bu g'oya AQSh hukumatiga xush keldi. Joriy yildayoq Kaliforniya va Arizona shtatlaridagi haydovchilar 100 mingta raqamli avtomobil raqamlaridan iborat ilk partiyani oladilar. 

Xo'sh, bu antiqa raqamlar nimasi bilan ajralib turadi? Quyida bu haqda ma`lumot keltirilgan.

Innovatsion avtomobil raqamlari RPlate Pro deb nom olgan va tashqi ta`sirlar hamda noqulay ob-havo sharoitlaridan himoyalangan kichik displeydan iborat. U avtomobilga oddiy raqamlar kabi o'rnatiladi. Displeyni internetga Rconnect brauzeri orqali ulash mumkin, shundan keyin unga nafaqat avtomobilning raqamlarini, balki istalgan foydali ma`lumotni chiqarish mumkin bo'ladi. Displey sirti istalgan ob-havo sharoitida yaxshi ko'rinuvchi materialdan tayyorlangan.

RPlate Pro monoxrom displeyi qo'zg'almas tasvirni akslantirish uchun energiya talab qilmaydi, shu sababli ichki akkumulyatorning energiyasini internet bilan ulanganda yoki bir tasvir ikkinchisiga o'zgarganda ishlatadi. Raqamli avtomobil raqami yaratuvchilarining aytishicha, bu raqamlar tufayli haydovchilar hayoti osonlashadi. Birinchidan, raqam o'g'rilikdan himoya tizimi bilan jihozlangan va bu ortiqcha tashvishlardan xalos etadi. Pullik avtoturargohlarda raqam puli to'langan vaqtning qanchasi qolganini ko'rsatadi, raqamda haydovchining istagi bilan istalgan ma`lumot akslanishi mumkin, misol uchun, sevimli sport jamoasining logotipi yoki Qizil xoch jamiyatini qo'llab-quvvatlashidan darak beruvchi, jamiyatning belgisi chiqib turishi mumkin.

Raqam oq fonda qora ranglar yoki aksincha holda chiqishi mumkin. Agar qayd qilish raqami muddatidan o'tib ketgan bo'lsa va qayta ro'yxatdan o'tkazishni talab qilsa, u bu haqda haydovchiga belgi bilan ishora beradi. Bundan tashqari, raqamni muhim e`lonlar uchun tablichka sifatida qo'llash mumkin, misol uchun, bunday raqamlar bilan shtat rahbariyati xavfli jinoyatchining raqamini e`lon qilishlari mumkin bo'ladi. Shunda qolgan haydovchilar bundan xabardor bo'ladilar. Raqamlar yordamida noqulay ob-havo sharoitlari va yo'llarda tezlikni oshirish xavfidan ogohlantirish mumkin. 


Комментарии (0) | Добавить: 24.01.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Qozog'iston lotin alifbosiga o'tdi
Saudiya Arabistonida bouling va bilyard-klublar ochishga ruxsat berildi
Qo'shni respublikalar bilan tinchlik-totuvlikda yashash kerak – Sooronbay Jeenbekov
Xitoyda grippga qarshi yangi vaksina yaratildi
Kartoshka bojxona to'lovlaridan ozod etildi
La Liga. "Real" safarda qiyin g'alabaga erishdi
Dunyodagi eng ulkan oltin koni
Chilim va elektron sigaretlarni qonun yo'li bilan taqiqlash vaqti yetmadimikan?
«Kerak bo'lsa stolbani ham olib borib qamardi». Prezident yana MXXning kirdikorlari haqida gapirdi
Messi yana bir ko'rsatkich bo'yicha «Real» futbolchisi rekordini yangiladi
Tramp «ruslar bilan band bo'lgan» FQBni jiddiy aybladi
Kim Chen Inning rafiqasi haqidagi ma’lumotlar
Япониялик аёл фарзандини видео ўйинлардан ҳимоя қилиш йўлини ўйлаб топди
“Ичкарида”ги Селал — Четин Текиндор
Umid Ahmadjonov: “Futbolchi o'z ustida ishlashi shart, aks holda unga litsenziya berilmaydi”
Moskvada 2021-yilgacha 50 ta yangi metro bekati ochiladi
“O‘zbekneftegaz” va Jizzakh Petroleum Ai-95 narxini o‘zgartirdi
O‘zbekistonda 8000 dan ziyod giyohvand bemor ro‘yxatda turadi
AQShda boshpanasizlar sovuqda qanday jon saqlaydilar?
Adliya organlarining moddiy-texnika bazasi yanada mustahkamlanadi
1 martdan boshlang'ich sinflarni 5 kunlik o'qishga o'tkazish rejalashtirilmoqda
Davron Kabulov "Million"ning yangi a'zosini tanishtirdi
“Sevgi iztirobi” efirdan olib tashlandi
Shavkat Mirziyoev Kogondagi harbiy qismda sharoitlarni ko'zdan kechirdi
«Chimyon» hududida ko'chki xavfi e`lon qilindi
Roman Abramovich Telegram'ga 300 mln dollar sarmoya kiritdi
Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahridagi Yoshlar markaziga bordi
MIB plastik kartochkadan pul yechib olishi uchun sud qarori kerakmi?
«Mafiya davlati» - Saakashvili
Rossiyada «YouTube»ning ishlamasligiga birgina belgi sababchi bo‘lmoqda