loading...

 

AQShda keng ko'lamli firibgarlik sxemasi fosh qilindi

AQSh federal hukumati hind koll-markazlari ishtirokidagi keng qamrovli firibgarlik sxemasini fosh qilganliklari haqida xabar berishdi. Qaroqchilar AQSh fuqarolariga Soliq boshqarmasi (IRS) yoki IIVning Migratsion xizmati xodimi sifatida qo'ng'iroq qilib, ulardan ta`magirlik bilan pul undirishgan. Bu haqida Reuters agentligi ma`lum qildi. 

Ayblov xulosasida jami 56 nafar AQSh va Hindiston fuqarosi hamda Ahmadobodda (Hindiston) joylashgan 5 koll-markaz  tilga olingan. Mazkur ish Texas shtatining Federal okrug sudi tomonidan ko'rib chiqiladi. Uning doirasida AQShning turli shtatlarida 20 nafar kishi qo'lga olingan. 

Manbaga ko'ra, qo'ng'iroq qilgan firibgarlar qurbonlarga qamoq jazosi bilan tahdid qilib, soliqlar to'lovi yoki qarzlarni to'lash hisobiga pul o'tkazishni talab qilishgan. Tovlamachilarning AQSh hududidagi "hamkorlar"i qurbonlardan pullarni olishgan, ularni legallashtirishgan va Hindistonga o'tkazishgan.

Tovlamachilarning qurbonlari asosan yoshi ulug' kishilar yoki muhojirlardan iborat bo'lgan, firibgarlar muhojirlarga to'lov amalga oshirilmagan taqdirda deportatsiya bilan tahdid qilishgan. "Deyarli 4 yil davomida bu jinoiy tarmoq telefonda odamlarni aldash va tahdid qilish uchun turli usullardan foydalangan, asosiy tahdid - qamoq jazosi, deportatsiya va AQSh hukumati bilan bog'liq boshqa muammolar bo'lgan", - dedi bosh prokuror yordamchisi Lesli Kaldvell. 

Ayblov xulosasiga ko'ra, 15 000 nafardan ortiq kishi firibgarlarga jami 250 million dollardan ortiq pul o'tkazgan. Qurbonlardan biri ularga hattoki 136 ming dollar o'tkazgan.

Jinoyatchilar telefondagi tahdidlar bilan cheklanib qolishmagan. Kolorado-Springzda istiqomat qiluvchi kishi go'yoki soliq qarzini to'lashga vaqtida pul topa olmaganidan keyin jinoyatchilar 911ga qo'ng'iroq qilib, uning qurollangani va politsiyachilarni o'ldirmoqchi ekanini xabar qilishgan. Sanoqli daqiqalar ichida u kishining uyini harbiylar va maxsus xizmat xodimlari o'rab olishgan. Hukumat ma`lumotlariga ko'ra, voqea natijasida hech kim jabrlanmagan. 

AQShda telefon va internet-firibgarligi avjiga chiqmoqda. Amaldorlarning so'zlariga ko'ra, fosh qilingan jinoiy tarmoq faqatgina  "aysberg cho'qqisi" bo'lishi mumkin. "Biz bir qator tergov ishlarini kuzatmoqdamiz va ularni sudgacha olib boramiz, deb umid qilamiz", - deydi IRS bosh direktori Jyey Rassel Jorj. 


Комментарии (0) | Добавить: 30.10.2016
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Erkaklardagi ortiqcha vaznning yashirin sabablari
Maktablarda o'quv yili uzaydi, ta`tillar muddatlari o'zgardi
O‘zbekiston GM Uzbekistan avtomobillari narxlarini oshirmaydi
Shohrux reperning o‘n yillik tanaffusdan keyingi ilk konsertidan fotoreportaj
Ekspertlar Xitoyning C919 birinchi yo‘lovchi samolyoti parvozga tayyorligini tasdiqladi
Shavkat Mirziyoyev yangi Chevrolet Malibu avtomobilida shahar aylandi
Londonda navbatdagi fojia: haydovchi odamlarni bosib ketdi
Kamchatkadagi vulqon 200 yildan keyin uyg'ondi
Prezident Virtual qabulxonasi pullik bo'lgani haqidagi mish-mishlar rad etildi
Yo'ldagi qoidabuzarliklar uchun jarimalarni uydan to'lash imkoni paydo bo'ldi
Tarixda birinchi marta yengil avtomobil Antarktidani kesib o'tdi
Tramp ma’muriyati Keystone neft quvuri qurilishini ma’qulladi
Apple kompaniyasi iPhone va iPad’ni noutbukka aylantiradi
Quruq mevalar — foydami yoki zarar?
4 yoshli bola Siri dasturi yordamida onasining hayotini saqlab qoldi
Zamonaviy qullikning alomatlari
Shavkat Mirziyoyev “Nazarboyev universiteti”ga tashrif buyurdi
Matn kiritishning yangi usuli o'ylab topildi
Wi-Fi’ni boshqarish tizimi ishlab chiqildi
Professional sartaroshdan sochlarni kesish qoidalari
Shavkat Mirziyoyev Qozog'istonga tashrifini boshladi
Erdo‘g‘on: Yevropa ortiq Turkiyaga ta’sir o‘tkaza olmaydi
Kiyimlar umrini uzaytirish yo‘llari
Xitoylik qiz yigitni oila qurishga ko'ndirish maqsadida 900ta taksini ijaraga oldi
Dunyoning eng qimmat shaharlari reytingi taqdim etildi
Yevroittifoqda migrantlarga nisbatan eng salbiy munosabatda bo'luvchi millatlar
Bug'doyning foydali xususiyatlari haqida nimalarni bilasiz?
22-martda Uzcard tizimida uzilishlar bo‘lishi kutilmoqda
Qon guruhini ikki daqiqada aniqlash usuli ishlab chiqildi
Instagram'dagi jonli translyatsiyalarni saqlash imkoni paydo bo'ldi