У нас есть только
оригинальные песни

AQShda mashhur xonanda Natali Koul vafot etdi

calendar 02.01.2016
1498

Ritm-end-blyuz musiqa yo'nalishida ijod qilgan AQShlik mashhur xonanda Natali Koul 65 yoshida hayotdan ko'z yumdi. Bu haqda qo'shiqchining oilasi bergan bayonotda aytilmoqda. Natali Koul mashhur jaz pianinochisi Net King Koulning qizi bo'lgan.

Qo'shiqchi yaqinlarining aytishicha, u 31 dekabrda Los-Andjelesdagi Sidar-Sinay shifoxonasida sog'lig'idagi surunkali muammolar sababli yuzaga kelgan asoratlar oqibatida vafot etgan. Qo'shiqchi oxirgi yillar giyohvandlik bilan kurashgan, gepatitdan aziyat chekkan. TMZ portaliniing ma'lum qilishicha, qo'shiqchining o'limiga yurak etishmovchiligi sabab bo'lgan.

Natali Koul 70-yillar o'rtalarida katta muvaffaqiyatlarga erishgan. U o'z ijodida musiqaning ritm-end-blyuz, jaz va pop-musiqa yo'nalishlarini muvaffaqiyatli uyg'unlashtira olgan. 20 dan ko'proq albom chiqargan.
Xonanda 19 marta nufuzli “Gremmi” musiqa mukofotiga nomzodi qo'yilgan va 9 marta uni qo'lga kiritgan. Koul, shuningdek kino va teleseriallarda ham suratga tushgan. Koul uch marta turmushga chiqqan, uning birinchi turmushidan bitta o'g'li bor.

Яндекс.Метрика