У нас есть только
оригинальные песни

AQShda meteorit qulashi videoregistratorda tasvirga olindi

calendar 19.05.2016
1701

AQShning Men shtatida 17-may kuni meteorit qulashi qayd etildi. Portlandda tezlik rejimiga rioya etilishini nazorat qilayotgan politsiya serjanti tabiiy hodisani tasvirga oldi, deb xabar bermoqda “Hi-Tech.Mail.ru”.

Meteorit tushishi kechki soatlarda sodir bo‘lgani bois video, tasvir sifatining pastligiga qaramay, juda yorqin chiqqani e’tirof etilmoqda. Astronomlarning samo jismi yorug‘ligiga tayanib taxmin qilishicha, uning hajmi tosterdan muzlatkichgacha kattalikda bo‘lishi mumkin.

Mineralogiya muzeyi xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, osmon jismi shtat shimoli-g‘arbidagi o‘rmonlarga tushgan. Kichik hajmli meteoritning aholi kam yashaydigan hududga tushishi hech kimning hayotiga xavf tug‘dirmaydi.

Muzey rahbariyati o‘rganish uchun meteoritning bir qismini yetkazadigan odamga mukofot e’lon qildi. 1 kilogrammdan kam bo‘lmagan bo‘lak uchun 20 ming dollar to‘lash va’dasi berildi.

Яндекс.Метрика