У нас есть только
оригинальные песни

AQShda o‘zining 9 yoshli o‘g‘lini ochlikdan o‘ldirgan ota-ona 40 yil qamoq jazosiga hukm qilindi

calendar 17.12.2015
1999

AQShning Pensilvaniya shtatidagi Xarrisburg shahar sudi o‘zining o‘g‘lini och qoldirib o‘ldirgan amerikalik oilaviy juftlikni uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda “TASS” xabar qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, 39 yoshli Jarred Tatko 42 yil qamoq jazosiga hukm qilindi, uning turmush o‘rtog‘i 40 yoshli Kimberliga esa 40 yillik qamoq jazosi berildi. Shu bilan birga, mahkumlarning ikkalasi ham kamida 20 yildan keyin muddatidan oldin ozodlikka chiqishga umid qilishi mumkin.

2014-yil avgust oyida qo‘shnilarning xabariga asosan Tatko xonadoniga yetib kelgan politsiya vafot etgan farzandning jasadini, shuningdek, o‘lim yoqasida turgan uning 10 yoshli opasini topgan. Ta’kidlanishicha, ota-ona qizchani ham ochlik bilan qiynab kelgan va uni qutqarishning imkoni bo‘ldi.

Яндекс.Метрика