У нас есть только
оригинальные песни

AQShda qor bo'ronlari tufayli 6 mingdan ortiq aviareyslar bekor qilindi

calendar 23.01.2016
1122

AQShning sharqiy sohillarida kuzatilayotgan noqulay ob-havo sharoiti tufayli bekor qilingan aviareyslar soni 6 mingdan oshdi.

Sinoptiklarning ma'lum qilishicha, Shimoliy Karolina, Nyu-York, Pensilvaniya va Vashington shtatlarida kuchli qor bo'ronlari yuz berishi xavfi saqlanib qolmoqda. Filadelfiya, Vashington va Nyu-York shaharlari o'rtasidagi aviaqatnovlar noma'lum muddatga cheklanishi kutilmoqda.

Hududdagi o'nlab aeroportlarda 23 yanvarga belgilangan parvozlar qoldirilishi davom etmoqda. Bu choralar asosan United Airlines, American Airlines, Southwest Airlines va Delta kabi aviatashuvchilarga tegishli bo'lmoqda.

Bundan oldinroq, AQSh Milliy meteorologiya xizmati keyingi 100 yil ichida eng keng ko'lamlisi bo'lishi kutilayotgan qorbo'ronlari oqibatida 1 milliard dollar miqdorida iqtisodiy zarar ko'rilishi mumkinligi haqida ma'lum qilgandi.

Яндекс.Метрика