У нас есть только
оригинальные песни

AQShda sobiq politsiyachi afroamerikalik ayollarning nomusiga tekkanlik uchun 263 yillik qamoq jazosiga mahkum qilindi

calendar 22.01.2016
1205

AQShning Oklaxoma-Siti shahri (Oklaxoma shtati) sudi 21 yanvarda oq tanli sobiq politsiyachi Deniel Xoltsklouni afroamerikalik ayollarning nomusiga tekkanlik uchun 263 yillik qamoq jazosiga mahkum qildi.

Birinchi navbatda irqchilik holati bilan bog'liqligi tufayli OAVlar e'tiborini tortgan sud jarayoni 2015 yilning noyabridan beri davom etib kelayotgan edi. Politsiyachi umumiy hisobda 13 nafar qora tanli ayolga jinsiy tajovuz qilganlikda ayblandi.

Oq tanli va osiyolik amerikaliklardan tashkil topgan hukm chiqaruvchilar hay'ati 2015 yilning 11 dekabrida uzoq davom etgan muhokamalardan keyin 29 yoshli Xoltsklouni ayblovning 36 bandidan 18 tasi bo'yicha aybdor deb topib, maksimal darajada qattiqqo'llik bilan jazolashni tavsiya qilishgandi. Ayblanuvchi ko'zlariga yosh olgan holda bu jinoyatlarni amalga oshirmaganini ta'kidlagan.

Ma'lumotlarga ko'ra, avval qonun bilan muammolari bo'lgan va nochor tumanlarda yashagan ayollar Xoltsklouning jabrdiydalari bo'lgan. U xizmat lavozimidan foydalanib, o'z qurbonlarini jinoiy taqib qilish bilan qo'rqitgan. Himoya esa jabrdiydalarning ko'rsatmalariga ishonib bo'lmasligi va politsiyachi o'z vazifasini munosib bajarganini ta'kidlagan. Xoltsklou unga ayblovlar qo'yilgandan keyin 2015 yil yanvarida politsiyadan bo'shatib yuborilgan. U bungacha 3 yil politsiyachi bo'lib ishlashga ulgurgan.

Яндекс.Метрика