У нас есть только
оригинальные песни

AQSHda Telegram asoschisiga hujum qilishdi

calendar 02.06.2015
1747


"VKontakte” ijtimoiy tarmog‘i va Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durovning ma’lum qilishicha, San-Fransisko ko‘chalaridan birida unga noma’lum shaxslar hujum qilib, telefonini tortib olishga uringan. Bu haqida "RIA Novosti” xabar bermoqda. Foto: RIA Novosti Foto: RIA Novosti "Hozirgina Mission 980’da (San-Fransiskodagi ko‘chalardan biri) mening telefonimni tortib olishga uringan yigitlar bilan mushtlashdim. Xavfli joylar, deysizmi? Ruslar uchun emas”, – deb yozdi Durov Twitter’dagi sahifasida. 2014-yil oxirida Durov Rossiyani tark etgani va qaytishni rejalashtirmayotganini ma’lum qilgandi.
Яндекс.Метрика