У нас есть только
оригинальные песни

AQShda uch nafar o'ta xavfli jinoyatchining qamoqdan qochishi tufayli 5 kishi hibsga olindi

calendar 28.01.2016
1195

AQShning Kaliforniya shtatidagi qamoqxonadan uch nafar o'ta xavfli jinoyatchi, jumladan prokuratura xodimlaridan biri tomonidan “Gannibal Lekter” deb nomlangan yeronlik jinoyatchining qamoqdan qochishi tufayli 5 kishi hibsga olindi. Bu haqda 27 yanvarda qamoqxona joylashgan Oranj okrugi sherifi Sandra Xatchens matbuot-anjumanida ma'lum qildi.

Xatchensning aytishicha, qochqinlarga yordam berganlikda gumon qilinganlarning hibsga olinishiga tergov olib kelgan, biroq tergov ularning barchasi qochishning tashkilotchilari bo'lishi mumkinligiga ishonchi komil yemas.

Qochoqlar 43 yoshli Bak Duong, 20 yoshli Jonatan Te va 37 yoshi Husayn Nayeriy turli og'ir jinoyatlarni sodir yetganligi uchun qamoqxonada sudlanishlarini kutib o'tirishgan bo'lgan.

Oranj okrugi prokurori o'rinbosari Xizer Braun jinoyatchilardan biri, odamlarni o'g'irlash va shafqatsiz qiynashda ayblanayotgan Nayeriyni “Qo'zilar sukuti” (“Molchanie yagnyat”) filmidagi yovuz jinoyatchi “Gannibal Lekter”ga qiyoslab, uni shunday atagan. Braunning aytishicha, jinoyatchi “juda aqlli, zo'ravonlikka o'ta moyil va ayyor” jinoyatchidir. Biroq okrug prokurori Toni Rakaukas o'z o'rinbosarining bu so'zlariga qo'shilmasligini va ular “nobop va shoshilinch” aytilgani ta'kidlab o'tgan.

Яндекс.Метрика