У нас есть только
оригинальные песни

AQShda xazina qidiruvchilar oilasi 1 mln dollarlik oltin topdi

calendar 29.07.2015
1766

AQShning Florida shtatida xazina qidirish bilan shug‘ullanadigan oila 300 yil avval cho‘kib ketgan kemadan bir million dollardan ortiq qiymatga ega ispan oltinini topib oldi, deya xabar bermoqda The Local. Erik Shmitt o‘z rafiqasi, ota-onasi va singlisi bilan birgalikda 51 ta oltin tanga va 12 metrli tilla zanjirni topgan. Nashr ta’kidlashicha, 300 yil avval Gavanadan Ispaniyaga otlangan 11 ta galeon (ko‘p palubali katta yelkanli kema) bo‘ronga uchragan va Florida sohillari yaqinida cho‘kib ketgan. Natijada mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan, bugungi kunda 400 million dollarga baholanayotgan xazina esa okean tubida qolgan. Federal qonunchilikka ko‘ra, xazinaning 20 foizi mahalliy muzeyga qo‘yiladi, qolgan qismini esa cho‘kkan kema uchun huquqni sotib olgan kompaniya hamda Shmittlar oilasi o‘zaro bo‘lishib oladi.
Яндекс.Метрика