У нас есть только
оригинальные песни

AQShdagi aviashouda samolyot qulab tushdi, uchuvchi halok bo‘ldi

calendar 15.05.2016
842

AQShning Jorjiya shtati Atlanta shahri yaqinida yengil motorli samolyot aviashou o‘tkazish vaqtida qulab tushdi, deya xabar bermoqda “RBK” hukumat bayonotiga tayanib.

Samolyot ichida bo‘lgan uchuvchi halok bo‘ldi. Aviashou tomoshabinlari orasida samolyot qulashi natijasida jabrlanganlar yo‘q.

Yengil motorli havo kemasi boshqa samolyotlar bilan birgalikda tryuklar bajarayotgan edi. U doira yasab uchish uchun pastlagan, biroq shu paytda ikki qismga bo‘linib ketgan, ulardan biri esa yonib ketgan.

Яндекс.Метрика