У нас есть только
оригинальные песни

AQShdagi eng mashhur saytlar e`lon qilindi

calendar 01.06.2018
1465

Reddit ko'ngilochar platformasi AQShdagi eng mashhur saytlar ro'yxatida Facebook ijtimoiy tarmog'idan o'tib ketdi. Bundan Amazon’ga tegishli bo'lgan Alexa kompaniyasi tomonidan tuzilgan saytlar reytingidagi ma`lumotlar darak beryapti.

Taqdim etilgan ma`lumotlarga ko'ra, Facebook Reddit sababli to'rtinchi o'ringa tushib ketdi. Beshinchi o'rinni Amazon egalladi. Foydalanuvchilar Reddit’da har kuni o'rtacha 15 daqiqadan ko'proq bo'lishadi, Facebook’da esa - deyarli 11 daqiqa. Amazon undan ham past ko'rsatkichni qayd etgan - yetti yarim daqiqa.

Birinchi ikki pog'onani Google va unga tegishli bo'lgan YouTube videoxostingi egalladi. 

Яндекс.Метрика