У нас есть только
оригинальные песни

AQShdagi eng yirik ikkita uyali aloqa operatori birlashmoqda

calendar 30.04.2018
1081

AQShdagi T-Mobile va Sprint uyali aloqa operatorlari birlashish haqida kelishib oldi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Bitim qiymati 26,5 mlrd dollarni tashkil qildi. Birlashgan kompaniya T-Mobile brendi ustida ishlashni davom ettiradi, uning mijozlari umumiy soni 127 millionni tashkil etadi.

Ta`kidlanishicha, ikki kompaniya birlashuv imkoniyatini bir necha yil davomida ko'rib chiqqan. Yakunda birlashgan kompaniya ko'lam jihatidan bozordagi boshqa ikki yetakchi - Verizon va AT&T’ga teng bo'ladi.

Uyali aloqa operatorlari vakillarining ma`lum qilishicha, 5G tarmoqlarini rivojlantirish ustida birgalikda ishlashadi hamda qishloq joylarda brendni rivojlantirish bilan shug'ullanishadi.

Endilikda bitim AQSh monopoliyaga qarshi idoralari tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Яндекс.Метрика