У нас есть только
оригинальные песни

AQShlik bloger halokatga uchrayotgan samolyotda to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiya uyushtirdi

calendar 18.04.2018
1384

Bloger Marti Martinez AQSh osmonida halokatga uchrayotgan samolyotda turib to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiya uyushtirdi.

Translyatsiya kadrlarida uning oyna oldidagi o‘rindiqda o‘tirgani, yuzida avariyaviy kislorod niqobi borligini ko‘rish mumkin. Videoga “Samolyot bilan nimadir yuz beryapti! Biz pasayayotganga o‘xshayapmiz! Avariyali qo‘nish! Southwest aviakompaniyasining Nyu-Yorkdan Dallasga reysi” deya izoh yozgan bloger.

Keyinroq u samolyotning dvigateli portlab ketgani, uning parchalari illyuminatorni yorib o‘tgani va yo‘lovchilardan birini o‘ldirgani haqida ma’lum qildi. Styuardlar salon bo‘ylab yugura boshladi va yo‘lovchilardan teshikni bekitishga yordam berishni so‘radi. Samolyot keskin tarzda pastladi, hamma joyni kuyindi hidi bosib ketdi.

CBS telekanali keyinroq aniqlashicha, Martinez aytgan yo‘lovchi kasalxonaga og‘ir ahvolda yetkazilgan. Yana yetti kishi kichik jarohatlar olgan.

Samolyot bortida 143 yo‘lovchi va besh nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.

Яндекс.Метрика