loading...

 

AQShlik siyosatshunos: AQSh Rossiya, Xitoy va Eron bilan baravariga urush olib boradigan holatda emas



AQShlik siyosatshunos Pol Kreyg Robertsning fikricha, AQSh o'zining kuchlarini Rossiya va Xitoy bilan kurashga qaratish maqsadida Eron yadroviy dasturi bo'yicha xalqaro vositachilar "oltiligi” tarkibida Eron bilan kelishuvga erishdi.AQSh davlat kotibi yordamchisi Viktoriya Nulandning Donbassdagi mojaroning kuchayishi holatida AQShning Rossiyaga bosimni kuchaytirishga tayyorligi haqidagi so'zlaridan keyin Roberts AQSh prezidenti Barak Obama Moskva bilan munosabatlarda Vashington tomonidan yaratilgan keskinlikning kamayishidan manfaatdor emasligi haqidagi xulosaga kelmoqda."AQSh va uning vakolatli shaxslari dunyoning katta qismida odamlarni o'ldirishni davom ettirmoqdalar. Ko'rinishicha, Obama – tinchlik odami emas”, deb yozmoqda siyosiy sharhlovchi Obamaga tinchlik bo'yicha Nobel mukofoti berilganiga sha'ma qilib."Rossiya va Xitoy AQShning harakatlarini cheklamoqda. Sobiq Ittifoq tarqalgandan keyin AQSh o'zining so'zini hech qanday qarshiliksiz o'tkazishga o'rganib qolgan edi. Biroq Rossiyaning Vladimir Putin rahbarligida ko'tarilishi hamda Xitoy qudratining oshishi AQShning ustuvorligini barbod qildi. Endi AQSh o'ziga avvalgi ta'sirini qaytib olmoqchi. Biroq AQSh o'zining eng yaxshi harbiy va iqtisodiy holatida emas”, deb yozmoqda Roberts."O'zining ulkan manmanligiga qaramasdan, Vashington birvarakayiga AQSh Rossiya, Xitoy, Eron va "IShID” bilan kurasha olmasligini tushunmoqda. Bu holatning anglab etilishi Eron bilan kelishuvga erishishning sabablaridan biri bo'ldi”, deb qo'shimcha qilmoqda siyosatshunos. Robertsning ta'kidlashicha, Eron bilan kelishuv endi Tehronga IShID jangarilariga qarshi harakat qilishga imkon beradi. Bungacha radikal islomchilik tomonidan solinayotgan xavf va Eron bilan bog'liq muammolar Vashingtonga Rossiya va Xitoy bilan kurashish uchun zarur bo'lgan vaqt, energiya va zaxiralarni olayotgan edi. Bundan tashqari, Eron bilan kelishuv AQSh uchun noqulay bo'lgan, Еvropaning Rossiyadan energetik bog'liqligini zaiflashtirishga imkon beradi. "Vashington bu bog'liqlikni tugatishni istaydi va qo'shimcha pullar Eronning Еvropaga tabiiy gaz va neft etkazib beruvchi davlatga aylanishiga yordam berishiga umid bildirmoqda”, deb yozmoqda Roberts.

Комментарии (0) | Добавить: 19.07.2015

Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

O'zbekistonda yangi sud: u yerga davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari ustidan shikoyat qilish mumkin
Islom Karimov haqida badiiy film suratga olinadi
Chor Minor - Chor minor chor atrofi suv minor
Nega ayollarning erkaklarga nisbatan do'sti ko'p?
Samsung ta’mirlangan Galaxy Note 7 smartfonlarini sotuvga chiqaradi
Haqiqiy iPhone’ni qalbakisidan qanday ajratish mumkin?
Qalovini topsang qor ham yonar: Toshkentdagi do'konlar 1 martgacha 6 mingta terminal bilan jihozlanadigan bo'ldi
Sog'liqni saqlash vaziri vazifasidan ozod etildi
Google haqida siz bilmagan qiziqarli faktlar
10 ming so'mlik banknotda Islom Karimov surati bo'ladi
“Odnoklassniki” messenjyeri milliondan ortiq mobil qurilmaga o'rnatildi
Rayhon 2017-yilgi konsert dasturiga FotoNigoh!
Namanganda ishsiz fuqaroning Damas mashinasi olib qochildi
Lindsi Lohan ro'mol sabab Hitrou aeroportida qo'shimcha tekshiruvdan o'tkazildi
Bryusselda AQShga yana bir shtatni qo'shib qo'yishdi
AQSh siyosatiga nima bo'ldi?
“Maydon” qonli kechasiga 3 yil to'ldi
Rossiyada yanvar oyida nechta Ravon avtomobillari sotilganini bilasizmi?
Zarina Nizomiddinova sobiq turmush o‘rtog‘i bilan ajrashganidan buyon u bilan gaplashmasligini ma’lum qildi
O‘zbekistonda dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi qariyb 50 so‘mga oshdi
Yigitlar orasida yangi urf – ichkuyovlik!
Rossiya neft qazib olish hajmi bo'yicha Saudiya Arabistonidan ham o'tib ketdi
Ronalduning turk serialidagi ishtiroki haqidagi ma`lumot yolg'on bo'lib chiqdi
Gitlerning telefoni 100 ming AQSh dollariga baholanmoqda