У нас есть только
оригинальные песни

AQShning 10 va 20 dollarli banknotlarida ayollar surati paydo bo‘ladi

calendar 21.04.2016
1105

AQSh moliya vaziri Jeykob Lyu maxsus brifing chog‘ida 10 va 20 dollarli banknotlarda ayollar surati paydo bo‘lishini tasdiqladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Garriyet Tabmen (surat 1860—1875-yillar oralig‘ida olingan).

 

“100 yillik muddat mobaynida ilk bor 20 dollarli kupyurada XIX asrda AQShda qullikka qarshi va ijtimoiy islohotlar uchun kurashgan Garriyet Tabmen surati paydo bo‘ladi”, — deya ma’lum qilgan vazir. Hozirda mazkur banknotning yuz tarafida prezident Endryu Jekson tasvirlangan.

Shuningdek, 10 dollarli banknot dizayni ham o‘zgaradi. Uning orqa tomonidan teng saylov huquqlari uchun kurashgan ayollar — Lukrisiya Mott, Sojerner Truz, Syuzan Entoni, Elizabet Kedi Stanton va Elis Pol qiyofalari o‘rin oladi. Kupyuraning yuz tomonida esa avvalgidek AQShning birinchi moliya vaziri Aleksandr Gamilton surati qoladi.

Яндекс.Метрика