У нас есть только
оригинальные песни

AQShning Arizona shtatida noma’lum shaxsning o‘t ochishi oqibatida 2 politsiyachi yaralandi

calendar 24.04.2016
756

AQShning Chandler shahrida (Arizona shtati) noma’lum shaxs ikki nafar politsiyachiga jarohat yetkazdi. Bu haqda, Chandler politsiya boshqarmasi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Hodisa Walmart do‘konlar tarmog‘idan birida yuz berdi. Uning xodimlari xizmat xonasidan noma’lum erkakni chiqarib yuborishini so‘rab politsiyaga murojaat qildi. Politsiyachilar voqea joyiga yetib kelishi bilan erkak ularga qarata o‘t ochdi. Politsiyachilar ham bunga javoban o‘t ochishga majbur bo‘ldi, jinoyatchi o‘ldirildi.

Yaralangan huquqni muhofaza qilish organi xodimlari shifoxonaga yetkazildi. Shifokorlar ularning ahvoli qoniqarli ekanligini ma’lum qildi.

Яндекс.Метрика