У нас есть только
оригинальные песни

AQShning birinchi xonimi qayerda?

calendar 28.05.2018
1806

AQSh prezidenti Donald Trampning rafiqasi Melanya Tramp ikki hafta oldin buyragidan operatsiya bo‘lgan edi. Oradan shuncha vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, lekin u ko‘rinmayotgani tufayli «Birinchi xonim yo‘qoldi», degan mish-mishlar tarqaldi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

Tramp OAV vakillari bilan uchrashuvida Melanya haqida berilgan savollarga: «Uning ahvoli ancha yaxshi. U uyning derazasidan bizga qarab turibdi», – deya Oq uyga ishora qilgan edi.

Trampning bu xatti-harakati odamlar orasida Melanya Trampning operatsiyasi yaxshi o‘tmagan, degan shubha paydo qildi.

Boshqa tomondan esa prezident Tramp uylanganiga bir yil bo‘lmasidan pornoaktrisa Stefaniy Klifford bilan ishqiy munosabatda bo‘lgani, bu haqdagi xabarlar o‘tgan hafta katta shov-shuv qilingani tufayli AQShning birinchi xonimi OAV vakillaridan o‘zini uzoq tutayotgan bo‘lishi mumkin, degan gumonlarni keltirib chiqaradi.

Яндекс.Метрика