У нас есть только
оригинальные песни

AQShning janubiy shtatlarida ro'y bergan ish tashlashlar tufayli dunyoda neft narxi ko'tarildi

calendar 03.02.2015
1955

Ayni paytda Nyu-York birjasida WTI turidagi neft narxi 2,55 foizga oshib, 51,74 dollarni tashkil qilmoqda. London birjasida esa, Brent turidagi neft narxi 2,92 foizga ko'tarilgan va 57,37 dollardan sotilmoqda. Moskva birjasidagi savdolarda esa, Brent turidagi neft narxi 57 dollar, WTI turidagi neft narxi 52 dollar qilib belgilangan. Neft narxlarining ko'tarila boshlaganiga 1-2 fevral kunlarida AQShning Kaliforniya, Texas va Kentukki shtatlaridagi neft qazib olish kompaniyalarining ishchilari ishtirokida xizmat haqlarining oshirilishini talab qilgan holda ish tashlash uyushtirgani va bu mahsulotni qazib olishning kamaygani sabab bo'lgan. Bu ish tashlashlarda AQShda qazib olinadigan neftning 10 fozini etishtirib beruvchi kompaniyalarning 4 mingga yaqin ishchisi qatnashgan.
Яндекс.Метрика