У нас есть только
оригинальные песни

AQShning Michigan shtatida yo'l muzlashi oqibatida 150 avtomobil to'qnashib ketdi

calendar 10.01.2015
1974


9 yanvar kuni AQShning janubi-g'arbiy qismida joylashgan Michigan shtatida yo'l muzlashi oqibatida 150 avtomobil ishtirokida yo'l-transport hodisasi sodir bo'ldi. Mahalliy hokimiyat vakillarining xabar berishlaricha, YTH oqibatida bir nafar kishi xalok bo'lgan va yana bir necha kishi jiddiy jarohatlar olgan. Geylsberg shaharchasi yaqinidan o'tuvchi yirik shosseda sodir bo'lgan bu YTHga yomon ob-havo sharoitlari sabab bo'lgan. Yo'lning muzlashi, qor yog'ishi va yo'lning yomon ko'rinishi tufayli mashinalar ketma-ket bir-birlari bilan to'qnashib ketgan. Bir nechta avtomobil, shu jumladan portlovchi materiallar va feyerverklar olib ketayotgan ikkita yuk mashinasi yonib ketgan. To'qnashuv joyiga o't o'chiruvchilar va tibbiyot xodimlarining ko'p sonli bo'linmalari etib kelgan. Trassada yo'l harakati bir necha soatga yopib qo'yilgan. Politsiya transport uchun aylanib o'tish yo'nalishlarini tashkillashtirgan. Hozirgi paytda YTHning oqibatlari bartaraf etilmoqda.


Яндекс.Метрика