У нас есть только
оригинальные песни

AQShning Ogayo shtatida noma’lum shaxs bir oilaning 7 vakilini otib tashladi

calendar 22.04.2016
866

Noma’lum shaxs yetti kishidan iborat oilaning hayotiga qasd qildi. Voqea AQShning Ogayo shtatida sodir bo‘ldi, deb xabar beradi “TASS”.

O‘qotar qurol bilan o‘ldirilgan bir necha kishining jasadi Payk okrugidagi uy ichidan topildi. Okrug Sinsinnati shahridan 120 kilometr sharqroqda joylashgan.

Fox News telekompaniyasining ma’lum qilishicha, halok bo‘lganlarning bari bir oila vakillaridir. Qurbonlar orasida bolalar ham bor.

Qotil qo‘lga olingani haqida hozircha axborot yo‘q. Jinoyatning motivlari ham ma’lum emas.

Яндекс.Метрика