У нас есть только
оригинальные песни

Arab shayxi Andijonda. Shahardagi «Navro‘z» stadioni o‘rnida mehmonxona quriladi

calendar 15.06.2018
1020

Joriy yilning 11-12-iyun kunlari Saudiya Arabistoni Qirolligining «Ajlan&Bros. Group» kompaniyasining rahbari Shayx Al-Muhammad Abdulaziz Al-Ajlan boshchiligidagi 26 nafar delegatsiya Andijon viloyatiga tashrif buyurdi.

Shayx Al-Muhammad Abdulaziz Al-Ajlan boshchiligidagi delegatsiya Andijon xalqaro aeroportida viloyat hokimining o‘ribosari S.Habibullayev hamda bir qator viloyat mutasaddilari tomonidan kutib olindi. Bu haqda «Andijonnoma» onlayn nashri xabar berdi.

Viloyat hokimligi binosida viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari A.X.Egamberdiyev hamda shayx boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari hamda Andijon viloyati va «Ajlan&Bros. Group» kompaniyasi o‘rtasida tekstil hamda turizm (mehmonxona xizmati) sohalaridagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Uchrashuv davomida mehmonlar Andijon viloyatining investitsion salohiyati to‘g‘risidagi taqdimot va hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan loyihalar takliflari bilan tanishtirildi.

Tashrifning ikkinchi kunida «Bog‘ishamol» mehmonxonasining konferensiyalar zalida viloyat hokimligi, boshqarma va tashkilotlar rahbarlari hamda «Ajlan&Bros. Group» kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv tashkil etilib, unda mehmonlar tomonidan ko‘tarilgan masalalar (soliq, bojxona, elektr energiyasi, gaz, suv) atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuvdan so‘ng delegatsiya mehmonxona tashkil etish uchun taklif etilgan Andijon shahridagi sobiq «Navro‘z» o‘yingohi va qurilishi tugallanmagan «Sarbon» mehmonxonalari bilan tanishtirildi.

Shayx boshchiligidagi delegatsiyaga Jalaquduq tumanidagi zavod qurilishi va paxta yetishtirish uchun taklif qilingan joylar bilan tanishtirildi. Shu bilan birga mehmonlar Xo‘jaobod tumanidagi «Fayz M» va «Nil Granit» korxonaliriga tashrif buyurib, ularga korxonalarning ishlab chiqarish faoliyati yaqindan tanishtirildi.

Tushlikdan so‘ng Asaka tumanidagi «Sabo hamkor» MChJ tomonidan meva-sabzavotlar yetishtirish bo‘yicha gidroponika usulida tashkil etilgan issiqxonalar bilan ham tanishildi.

Яндекс.Метрика