У нас есть только
оригинальные песни

Argentinalik futbolchi unga qizil kartochka ko‘rsatgan hakamni otib tashladi

calendar 16.02.2016
2271

Argentinaning Kordova shahrida o‘tkazilgan futbol uchrashuvi chog‘ida qizil kartochka olgan futbolchi hakamni otib tashladi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.

Aytilishicha, 48 yoshli arbitr Sezar Flores bahslashayotgan jamoalardan birining o‘yinchisini maydondan chetlashtirgan. Yechinish xonasiga kirib ketgan futbolchi bir muddatdan so‘ng o‘qotar qurol bilan qaytib kelib, hakamga qarata uch marta o‘q uzgan.

Flores olingan jarohatlar oqibatida olamdan o‘tgan. Otishma chog‘ida Valter Sarate ismli futbolchi ham jarohat olgan, lekin uning hayoti tahlika ostida emas.

Jinoyatni sodir etgan 25 yoshli futbolchi qidirilmoqda.

Яндекс.Метрика