У нас есть только
оригинальные песни

Argentinalik futbolchi uyiga tushgan talonchilar tomonidan o‘ldirildi

calendar 14.05.2016
1605

Argentina futbolining ikkinchi divizionidagi “Nueva Chikago” jamoasi tarkibida to‘p suruvchi Rodrigo Espindolaning uyiga o‘g‘rilikka tushgan talonchilar jinoyat chog‘ida sportchining hayotiga zomin bo‘ldi. Bu haqda, AP agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

26 yoshli himoyachi Buenos-Ayres chetidagi uyiga kelganida unga noma’lum shaxslar hujum qildi. Politsiyaning fikricha, jinoyatchilar uning uyiga talonchilikka tushmoqchi bo‘lgan edi.

Qornidan yaralangan futbolchi shifoxonaga yetkazildi, ammo uni qutqarib qolishning imkoni bo‘lmadi.

Яндекс.Метрика