У нас есть только
оригинальные песни

Argentinalik kaltakesakning 6 ta yangi dumi o‘sib chiqdi

calendar 30.10.2015
1600

Argentinalik kaltakesak o‘zini qayta tiklash bo‘yicha rekord o‘rnatdi: jarohatdan so‘ng uning oltita yangi dumi o‘sib chiqdi. Bu haqda New Scientist nashri Cuadernos de Herpetologia ilmiy jurnali ma’lumotiga tayanib xabar beradi.

Ba’zi avtotomiya holatlarida (hayvonlarning o‘z a’zolarini tashlashi) kaltakesaklarning dumi sinib qoladi, lekin uning tanasidan oxirigacha ajralmaydi. Natijada yangi dum 2—3 ta uchga ega bo‘ladi.

Biroq geksafurkatsiya (oltita dumning o‘sib chiqishi) hozircha fanga ma’lum bo‘lmagan. Yaralangan oq-qora tegu (Salvator merianae) ekologiya politsiyasi ofitseri tomonidan Kordova Milliy universiteti gerpetologi Nikolas Pelegringa keltirildi. Kaltakesakka o‘tkir buyum bilan jarohat yetkazilgan edi.

Qayta tiklanish jarayoni natijasida o‘sib chiqqan oltita dum kaltakesak uchun unchalik foydali emas, ular jonivorning harakatlanishini qiyinlashtiradi.

Яндекс.Метрика