У нас есть только
оригинальные песни

Argentinaning so‘nggi diktatori Reynaldo Binone 90 yoshida olamdan o‘tdi

calendar 08.03.2018
798

Argentinaning so‘nggi diktatori Reynaldo Binone 90 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda “Izvestiya” xabar bermoqda.

 

Xunta tomonidan amalga oshirilgan jinoyatlar uchun bir necha umrbod qamoq jazolariga hukm qilingan Binone harbiy gospitalda o‘lgani bildirilmoqda. Bu yerga u salomatligi yomonlashgani sababli keltirilgandi.

1976-yili Argentinada hokimiyatni harbiylar egallab oladi. Reynaldo Binone esa 1982-yilda prezident bo‘ldi. Rasmiy manbalarga ko‘ra, harbiy diktatura yillari Argentinada 18 ming fuqaro izsiz yo‘qolgandi.

2016-yil may oyida sud Binoneni siyosiy raqiblarni yo‘q qilish maqsadida “Kondor rejasi” operatsiyasi doirasida insoniyatga qarshi amalga oshirilgan jinoyatlarda aybdor deb topdi.

Яндекс.Метрика