У нас есть только
оригинальные песни

Arktikada masjid qurildi

calendar 18.12.2015
2741

Kanadaning Arktika hududida joylashgan Nunavute provintsiyasida minorali masjid bunyod etildi, deb yozadi Muxlis.uz portali. Uning qurilishi uchun mahalliy musulmonlar uzoq yillar harakat qilishdi. Orzudagi masjidning qurilishiga bir qancha to'siqlar g'ov bo'lgan. Ya'ni bu iqlim bilan bog'liq muammolar, ob'ektga qurilish materiallarini etkazib berishdagi murakkabliklar va hakazo. 
Kanadadagi Islom hayriya tashkilot menejeri Husayn Guistiyning fikricha, mintaqada boshqa muammolar ham mavjud edi. Masalan, Kanada provintsiyasidagi erlar juda qimmat. Shu bois, mahalliy musulmonlar kommunakatsiya etib bormagan erni sotib olishgan va qurilish boshlashgan. Qurilish ishlari hali to'liq o'z nihoyasiga etmagan bo'lsa-da, mahalliy musulmonlar bundan juda xursand. Ma'lumotlarga ko'ra, masjid 31 dekabr sanasida rasman ochiladi.

Яндекс.Метрика