У нас есть только
оригинальные песни

Arktikada okean tubidan sirli shovqin kelmoqda

calendar 05.11.2016
2742

Arktikaning Kanada nazorati ostida bo'lgan qismida okean tubidan sirli shovqin kelmoqda. Mutaxassislar buning nima ekanligini va uning sabablarini ayta olishmayapti, deb xabar bermoqda CBC News.
  
Kanadalik jurnalistlarning ma`lumotlariga ko'ra, tovush Kanadaning qit`adagi qismidan 120 km uzoqlikda joylashgan Fyuri-end-Xekl bo'g'ozidan kelmoqda. Shovqin uzoq vaqtdan beri yangramoqda va bu hududdagi baliq va jonzotlarni hurkitmoqda, deb aytildi xabarda.
 
"Bu joy yoz mavsumidagi asosiy ov joylaridan hisoblanadi. Biroq bu yozda bu yerda deyarli hech qanday o'lja bo'lmadi", deb aytdi mahalliy qonunchilik yig'ilishi a`zosi.
 
CBC News’ning qo'shimcha qilishicha, sirli shovqinga birinchi bo'lib mahalliy aholi e`tibor qaratgan. Ular bu haqda milliy xavfsizlik departamentiga xabar berishgan. Endi bu shovqinning kelib chiqishini aniqlash bilan Kanada qurolli kuchlari shug'ullanadi.

Яндекс.Метрика