У нас есть только
оригинальные песни

ARMONLARIMDAN ILXOMLANGAN SAN'ATIM !!! (hayotiy xikoya).

calendar 12.08.2011
7442

Cheka bir qishloqning cheka uyida san'atni jonidan ortiq ko'rgan soddagina bir qizaloq bor ekan. Qizaloq yoshlididan qo'shiq aytishni, raqs tushushni yoqtirar ekan. Yoshi 6 ga to'lgach maktabga boribdi maktabda o'zini namunali hulqi, va istedodi bilan o'qtuvchilarini yoqimtoy o'quvchisiga aylanibdi. Maktabda tadbirda qo'shiq aytib ,raqs tushib hammani lol qoldirar edi. Qizaloqni istedodini sezgan musiqa o'qituvchisi uni andijonda bo'lib o'tadigan musiqa va raqs ko'rik tanloviga qatnashasan debdi. Hursandligidan sevingan qizaloq ko'rik tanlovga kechalari uxlamasdan tayyorgarlik ko'ribdi. Mana o'sha xayajonli kun keldi san'atni sevgan qizaloq qalbida katta umid, hayajon qo'rquv ila ko'rik tanlovga qatnashgani yo'l oldi. Mana kutgan xayajonli daqiqalar keldi. Yuragi hayajondan tez tez urardi. Shu yerda esa qarengki bu beozor qizaloqning ham dushmanlari borakan. Ko'rik tanlovda raqsga tushmoqchi bo'lib kechalari uxlamay tayyorgalik ko'rgan musiqasi o'rniga, umuman boshqa musiqaga qo'yib almashtirib qo'yishdi. Qizaloq esa saxnani o'rtasida ne qilarin bilmay mo'ltirab bir zum turib to'xtab qoldi lekin yengilmadi. Ataylabdan adashtirib qo'ygan musiqalariga bor san'atini ishga solib raqsga tushdi. Bu ko'rgan xakamlar qizaloqni matonatiga tan berdi. Endi navbat jonli qo'shiq aytishga keldi. Afsus bu yerda xam qizalog'imizni omadi yurishmadi. U qizga qo'shiq aytish navbati kelganda kimdur mikrafondi uzib qo'ydi. Lekin qizaloq bunda xam yengilmadi. Hech qanday mikrafonsiz faqat dutor bilan maqom yo'nalishida qo'shiq kuylab berdi. Va nixoyat g'olibni aniqlash vaqti keldi. Xakamlar bir ovozdan san'atni xaqiqatdan sevgan lekin omadsiz qizalog'imizni g'olib deb e'lon qildi. Quvonchidan ichiga sig'may qalbda orzu umidlari jo'sh urgan yanada san'atni ko'proq sevib qolgan qizalog'imiz bu xush xabarni ota-onasiga yetkazish uchun uyiga shoshdi. Afsuski bu uni oxirgi quvongani va saxnaga aytgan oxirgi qo'shig'i edi. Uyga kelib ne ko'z bilan korsinki uning uchun suyanchig' bo'lgan dadasi qo'qisdan vafot etibdi. Birdan ko'zdagi quvonchlarini alam yoshlari egalladi. Orzu to'la mitti yuragini qo'rquv egalladi orzulari chil chil sindi xolatni tariflash qiyin. Qizaloq yig'ladi dod solib yig'ladi. O hayot naxotki shu murg'ak qizga shunchalik beshafqatlik qilding. Aynan shu kundan boshlab qizalog'imiz uchun hayot sinovlari boshlandi. U paytda qizaloq bor yog'i 6- sinf edi. Qizalog'imiz uyida o'g'il farzand yo'q edi. Opasi turmushga chiqib ketgan,singlisi xali kichkina edi. Shu sabab u bor orzu umidlaridan kechib onasiga yordam berdi xam maktabda o'qidi xam ishladi, unga og'ir tanlov bo'lsada san'atidan voz kechib onasiga yordam berdi. Hayot tarbiyalab ulg'aytirgan qizalog'imiz kollejni xam bitirdi. Kollejni bitirib judayam unversitetga kirgisi keldi lekin yana qizalog'imiz orzu umidlaridan kechdi. Chunki onasi va singlisini yolg'iz tashlab ketolmadi. U yana ishladi, ishida xam mufaqayatlarga erishdi, xech kimni yordamisiz oyoqqa turdi. Hamma narsasi yetarli.Lekin qizalog'imizni ko'ngli yarim, kechalari armon bo'lgan orzularidan ilxomlanib ozicha ushbu qo'shiqni kuylardi.

Kerak emas menga saxna qo'shiq kuylamoq uchun.
Men qo'shiq kuylamayman mashxurlik uchun.
Armon shamolida uchib ketdi orzularim bugun.
Mayli men aytay qo'shiq faqat o'zim uchun.
 
Mana shunday kunlar o'tardi. Qizalog'imizni na bir do'sti, dugonasi va sevgani bor edi. Qizaloqni bu narsalar qiziqtirmasdi. Chunki qizaloqni do'sti ham sevgani xam shu armon bo'lgan san'ati edi va u shundan xam baxtli edi. Birdan qizalog'imizni xayoliga bir fikr keldi. Qo'shiq aytish imkonib yo'q ekan, hech bo'lmasa she'r maqolalarimni internetga joyleman yozganlarim shunchaki qog'ozda qolib ketmasin deb Yoshlar.com saytiga kirib o'zini san'atning jurnalistika soxasida sinab ko'rdi. Afsuski qizalog'imiz yana omadsizlikka ucharadi. Yoshlar.com saytiga 3 chi maqolasini yozyotganda birdan kompyuteri ishlamay qoldi. Shunda qizaloq naqadar omadsiz ekanini sezdi lekin shunda xam yengilmadi. Qo'lidagi oddiy nokia 5310 telefoni olib endi saytga telefondan maqolalar yoza boshladi. Qizalog'imizning maqola va she'rlari kimgadur yoqdi, kimdur tanqit qildi, yana kimdur esa kuldi. Lekin qizalog'imiz bularga axamiyat bermadi. Aksincha tanqitlardan ilxomlanib yana sher va maqolala yozishni davom etardi. Chunki qizaloq maqolalarni kimgadur yoqishi uchun emas san'atni sevgani uchun yozardi. Yana kimdurlar esa sizni yozganizi o'qib o'zgardim deyishardi. Qizaloq maqola va she'rlarni hech birini shunchaki yozmasdi. Har bir maqolani qalbdan, samiyat bilan, dardu hasratlarini va ichki dunyosini shu maqolalarida yozardi telda qiynalib bo'lmasam. Ha qizalog'imizni mexnatlari zoyi ketmadi Yoshlar.com saytida uni rasman jurnalist deb qabul qilishdi. Hozirda shu qizaloq sizga oddiygina 5310 telida o'zini 80 maqolasini yozdi.

Ha bu hikoya meni hayotim xaqida, men ishonaman qachondur men san'atni sevganday, meni xam sevib qoladi san'atim. O'shanda meni oldimga kelar yo'q omadim.

miranda_89
Яндекс.Метрика