У нас есть только
оригинальные песни

Arnold Shvartsenegger hind filmida salbiy qahramon rolida suratga tushadi

calendar 11.11.2015
1567

AQShning eng mashhur aktyori Arnold Shvartsenegger yaqin kunlarda Bollivudga yo'l oladi, deb xabar bermoqda Bangladesh Tuday gazetasi.

Kartina borasida aktyor bilan shartnoma tuzilgan bo'lib, Shvartsenegger Bollivudning mashhur rejissyori Shankarning “Robot 2” filmida rol o'ynaydi.

Aktyor suratga olish maydonchasida o'tadigan har bir kuni uchun 500 ming dollar pul oladi. Shu boisdan ham bollivudlik kino ijodkorlar u bilan bir oy ishlashlari uchun aktyorga 15 million dollar gonarar to'lashlariga to'g'ri keladi. Film ijodkorlari pullar havoga sovrilmayotgani, bo'lajak kartina prokatlarda tijoriy omad olib kelishini aytishmoqda.

Shvartsenegger faoliyati davomida biror marta bo'lsa ham hind kinosiga bo'lgan muhabbati haqida gapirib o'tmagan.
Aktyorning Hindistonga kelishi dekabr oyiga mo'ljallanyapti. Filmning premerasi esa bir yildan so'ng bo'lib o'tadi.

Яндекс.Метрика