У нас есть только
оригинальные песни

Arnold Shvartsenegger “Terminator”ning 6-qismida ishtirok etishini tasdiqladi

calendar 12.08.2017
1200

Amerikalik aktyor Arnold Shvartsenegger unga jahonshumul mashhurlik keltirgan «Terminator” filmining yangi, 6-qismida suratga tushadi. Bu haqda Fox News telekanali xabar berdi.

“Keyingi yil martida men “Terminator”da suratga tushishni boshlayman. Kemeron (rejissyor) va Devid Ellison (prodyuser) suratga olish jamoasiga qaytadilar”, deb Shvartseneggerning aytgan so'zlarini keltirib o'tgan telekanal. Ta`kidlash joizki, 30 iyulda aktyor 70 yoshini qarshiladi.

Kemeron fantastik jangari filmning 6-qismini suratga olishini tasdiqlagan va Shvartsenegger unda terminator rolini emas, balki uning prototipi – inson rolini ijro etishini ma`lum qilgan. “O'zingizdan so'rab ko'ring, nima uchun barcha qahramonlar Arnold kabi ko'rinishda va u kabi gapiradilar. Bunga sabab bo'lishi kerak. To'g'ri, menga prototip bo'lishi kerak degan fikr keldi”, deb aytdi dunyodagi eng kassabop rejissyorlardan biri.

Birinchi “Terminator”dan keyin “Terminator 2: Qiyomat kuni” (Terminator 2: Judgment Day, 1991), “Terminator 3: Mashinalar isyoni” (Terminator 3: Rise of the Machines, 2003), “Terminator: Halaskor kelsin” (Terminator Salvation, 2009) va “Terminator: Genezis” (Terminator Genisys, 2015) filmlari olingan. Shvartsenegger ulardan 4 tasida suratga tushgan.

Яндекс.Метрика