У нас есть только
оригинальные песни

«Arsenal» yana ochko yo'qotdi

calendar 10.12.2017
934

«Arsenal» Angliya chempionatining 16-turida «Sauthempton»ga qarshi safar uchrashuvi o'tkazdi. Sauthemptondagi «Sent-Meri» stadionida kechgan uchrashuv 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.

O'yinning 3-daqiqasidayoq mezbonlar hujumchisi Charlz Ostin Dushan Tadichning pasidan keyin «avliyolar» jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi, ammo 88-daqiqada mehmonlar hujumchisi Olive Jiru hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldi.

Bu natijadan keyin «Arsenal» ochkolari sonini 29taga yetkazib, Angliya chempionati turnir jadvalida beshinchi o'ringa qaytdi. «Sauthempton» 18 ochkosi bilan 10-pog'onada joylashgan.

Angliya chempionati
16-tur
Sauthempton – Arsenal 1:1
 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 3 Ostin, 1:1 – 88 Jiru.
Sauthempton – Forster, van Deyk, Yosida, Bertran, Stivens, Romeu, Xeyberg, Tadich (Devis, 88), Uord-Prouz, Redmond (Bufal, 74), Ostin (Gabbyadini, 86).
Arsenal – Chex, Mertesaker (Uelbek, 64), Monreal, Kolashinats, Koselni, O'zil, Remzi, Sanches, Chaka (Uilsher, 69), Bellerin, Lyakazett (Jiru, 72).
Ogohlantirishlar: Bellerin (78), Stivens (82), Romeu (84), Uilsher (90).

Яндекс.Метрика