У нас есть только
оригинальные песни

"Arsenal"ning 88 foiz muxlisi Vengerning ketishini istaydi

calendar 07.03.2018
656

Internetdagi "The Arsenal Supporters Trust" guruhi vakillari Arsen Vengerning ketishi borasida so'rovnoma o'tkazishdi.

Unga ko'ra, jamoaning 88 foiz muxlisi franciyalik murabbiyning ketishini istaydi. O'tgan mavsumda bu natija 78 foizga teng bo'lgandi.

Guruh vakillari bu so'rovnomada qancha odam ishtirok etganini elon qilishmadi. Biroq bu natijani "Arsenal" prezidenti Ivan Gazidisga etkazishga so'z berishgan. SHunga qaramay 68 yoshli Arsen Venger hali jamoadan ketmasligini, 2019 yilgi shartnomasi yakunlanishini kutayotganini malum qilgan.

Bu mavsumda "Arsenal" chempionlik uchun kurashdan chiqib ketdi va APL turnir jadvalida 6-o'ringacha tushib ketdi.

 

Яндекс.Метрика