У нас есть только
оригинальные песни

Arxeologlar Avstriyada mobil telefonga o'xshash qadimiy buyumni topishdi

calendar 31.12.2015
2083

Еvropalik arxeologlar Avstriyaning Zaltsburgida qazilmalar vaqtida mobil telefonga o'xshash qadimiy buyumni topishdi. Taxminlarcha, ushbu buyum kamida 800 yil avval yaratilgan, deb xabar berilmoqda m24.ru saytida.

Topilgan buyum zamonaviy mobil telefonning loydan ishlangan nusxasiga o'xshaydi. U to'g'ri to'rtburchak shakliga ega va unda ekran va tugmalarga o'xshash shakllar tasvirlangan.

Ko'pchilik internet-foydalanuvchilar bu holat navbatdagi galda o'zga tsivilizatsiyalar borligini isbotlashini aytishdi. Biroq boshqa bir foydalanuvchilar uning “telefon”ligiga shubha bildirib, oddiy jadval ekanligini aytishdi.

Яндекс.Метрика