У нас есть только
оригинальные песни

Arzimassan sen!!!

calendar 09.05.2012
4434


Uning xayoli ila boshlanardi tonglarim,
Yashay olmasdim usiz go'yoki.
Balki chindan yashay olmasman, yoki,
Mening bu muhabbatimga arzimaydi shunchaki.

Atrofingda parvonaman parvoying palak,
Men doim ortingdan yugurib halak,
Qilmishlaringga lanat aytar hattoki falak,
Mening pok muhabbatimga arzimassan sen.

Bas, ortiq qiynamasman o'zimni,
Ortiq mulzam boqmasman ortingdan.
Tingla qalbdan chiqgan so'nggi so'zimni,
Muhabbatimga zarra arzimasman sen.

Bevafo, shavqatsiz ey yor,
Senga mushtoq yurakni xor etding-ku xor,
Shu sevgimga bo'larsan-ku bir kun zor,
Mening muhabbatimga arzimassan sen.

Sen sevmasang sevguvchilar bor,
Qalbingni qamrab bo'libdi g'ubor,
Meni sevmaganni yo'llariga bo'lmasman men zor,
Ket, muhabbatimga arzimassan sen.

Umrimda sevdim bir bor olov bo'lib,
O'zimni, dunyoni borligin unutib.
Endi yashayman mudom o'zimni ovutib,
Muhabbatimga arzimaydi u...

Ko'zlaringni ortiq ko'rmasam qani edi,
Butun vujud nigohing asiri edi.
Bu kun qalb og'rinib o'z so'zin dedi:
Muhabbatimga arzimaydi u.

Gullar tutma, ko'cham boshida kutma!
Guling ham o'zingdek, sevgingdek soxta,
Sirli_qizning bir so'zin aslo unutma:
Beg'ubor muhabbatimga arzimassan sen!

Baxonalar to'qima, ortiq o'tmaydi,
Ikkiga bo'lingan muhabbating menga yetmaydi.
Ko'zlaring, so'zlaring hayolimdan ketmaydi,
Lek muhabbatimga arzimassan sen!

Ket, soxta sevging o'zingga buyursin,
Qalbim sensiz ham hayot borligin ko'rsin,
Ruxsat senga, xiyonatlaring davom etaversin,
Men esa ketaman, muhabbatimga arzimassan sen.

Intiq bo'lib sevgimga kutdim javob,
O'zgalar ila ovvora ekan bu janob,
Sensiz ham yashayveraman, bo'lmayman xarob,
Ket, muhabbatimga arzimaysan sen!

Xayronman, o'ylaysan kimlarni,
O'zingcha reja qilasan nelarni,
Unut birgalikda qilgan u orzularni,
Muhabbatimga arzimassan sen.

Ko'zlaringga boqib, o'zimni topa olmadim,
Shu sabab ortiq yoningda qola olmadim,
Meni sevmagan insonni men ham sevaolmadim,
Xayr, alvido! Ketyapman bevafo,
Qaytmasman, qalbingga mehmon bo'lsada vafo...
Яндекс.Метрика