У нас есть только
оригинальные песни

“Asakabank”ni 9 yil boshqargan Qahramon Aripov O‘zbekiston bog‘cha vaziriga o‘rinbosar bo‘ldi

calendar 21.10.2017
1007

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-oktabr kuni maktabgacha ta’lim vaziri o‘rinbosarlarini tayinladi. Bu haqda UZ24 xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, 2007—2016-yillarda “Asaka” bankiga rahbarlik qilgan Qahramon Aripov bog‘cha vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan. Aripov so‘nggi vaqtlarda qayerda, qaysi lavozimda faoliyat yuritganiga xabarda aniqlik kiritilmagan.

Aripovdan tashqari, Gulchehra Yo‘ldosheva ham vazir Agrepina Shinning o‘rinbosari etib tayinlangan. Avvalroq Xalq ta’lim vazirligi rahbari birinchi o‘rinbosari Sobitxon Turg‘unov ham maktabgacha ta’lim vaziri o‘rinbosari etib tayinlangani xabar qilingan edi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-sentabr kuni mamlakatda Maktabgacha ta’lim vazirligini tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni imzolagan edi. 19-oktabr kuni senator Agrepina Shin mazkur vazirlik rahbari etib tayinlandi.

Яндекс.Метрика