У нас есть только
оригинальные песни

Asalarilarning nima sababdan qirilib ketayotgani aniqlandi

calendar 01.07.2017
1531

Kanada, Buyuk Britaniya va germaniyalik olimlarining birinchi keng ko‘lamli Yevropa tadqiqoti natijasi neonikotinoidlar asalarilarning populyatsiyasiga salbiy ta’sir qilishini tasdiqladi. 

Olimlar birinchi tadqiqot doirasida neonikotinoidlar bilan qayta ishlangan, yog‘li o‘simliklar o‘sadigan hududlarda yashovchi uch turdagi asalarilarni kuzatdi. Aniqlanishicha, hasharotlar populyatsiyasi Vengriya va Buyuk Britaniyada keskin pasaygan, biroq Germaniyada emas. Uchala davlatda ham asalarilarning reproduktiv imkoniyatlarining pasayishi kuzatilgan.

Ikkinchi tadqiqot vaqtida esa olimlar insektitsidlar bilan qayta ishlangan makkajo‘xori maydonlaridagi Kanada asalarilarini o‘rganishdi. Aniqlanishicha, asalarilarning ushbu hududda o‘rtacha ishlash yoshi normadan past bo‘lgan, shuningdek, oilada qirolichalari soni qisqargan.

Olimlar maydoni ikki ming gektarga teng bo‘lgan hududlarda yashaydigan yoki joylashgan asalarilarni kuzatishgan. Ekspertlarning ta’kidlashicha, asalarilar sonining degradatsiyasiga bir nechta omillar, jumladan, neonikotinoidlardan foydalanish ham sabab bo‘lmoqdi. Tadqiqot insektitsidlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar tomonidan moliyalashtirilgan, biroq uning natijalarini mustaqil ekspertlar tomonidan ishlangan.

Asalarilar birinchi navbatda o‘simliklarni changlantirish uchun kerak. Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu hasharotlar AQSh qishloq xo‘jaligining chorak qismini changlatadi. Mamlakatdagi bozorning tegishli xizmati yiliga 10—15 milliard dollarga baholanadi.

Asalarilarning qirilib ketayotganiga Varroa destructor parazit-kanasining tarqalishiga olib kelayotgan hasharotlarning xalqaro savdosi ham sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

Яндекс.Метрика