Ashxobodda uylardan konditsionerlar majburan olib tashlanmoqda

Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida yoz issiq o'tganiga qaramasdan aholi xonadonlariga konditsioner o'rnatishga ruxsat berilmayapti, o'rnatib bo'lganlar esa konditsionerlarni demontaj qilishga majburlanmoqda. Bu haqda «Turkmaniston xronikasi» nashri xabar berdi.

Mahalliy hukumat vakillari bir necha kun davomida ko'p qavatli uylarni aylangan va uylarning tashqi devorlariga o'rnatilgan konditsionerlarni olib tashlash buyurilgan. Shahar hukumatining fikricha, ular binoning tashqi qiyofasini xunuklashtiradi. 

Xabar qilinishicha, maxsus xodimlar 50 manat evaziga (3,49 manat - 1 dollar), konditsionerlarni demontaj qilish (qismlarga ajratish) hamda olib tashlash uchun xizmatini taklif etmoqda. Ular pulni konditsioner freonini (sovuq havo chiqarishi uchun maxsus suyuqlik) saqlab qolgan holda demontaj qilishlari uchun olishadi, aks holda freon to'kib tashlanadi. Keyinroq konditsioner boshqa joyga o'rnatilganida unga freon quyish 250-300 manatga tushadi.

Ashxobodliklar konditsionerlarini tashqaridan qaralganda ko'rinmaydigan boshqa joyga qayta o'rnatishmoqda, ba`zilar esa konditsionerni zina hududiga o'rnatib olmoqda.

6 fevral kuni Turkmaniston parlamenti "Arxitektura faoliyati to'g'risida"gi qonunni qabul qildi. Rasmiy nashrlarning yozishicha, bu qonun shahardagi binolar kishiga estetik zavq berishi lozimligini ko'zda tutadi.

Qayd etish kerakki, Turkmaniston poytaxtida yoz kunlari harorat 45 darajagacha ko'tariladi. 

Bundan oldinroq, mahalliy nashrlar konditsionerlarni demontaj qilish shaharga Shomuhammad Durdiliyev qayta hokim bo'lganidan keyin boshlanganini yozgandi. U 2010-2013 yillarda ham shahar hokimi sifatida ishlagan, keyin prezident apparatiga ishga o'tgandi. U shu yil yanvarida poytaxt hokimi etib tayinlandi.

2014 yilda turkmanistonliklar «dom»lardan konditsionerlarni olib tashlash bo'yicha buyruqqa qarshi chiqqan, Ashxoboddagi «Paraxat — 7» mikrorayonida aholi va hukumat vakillari o'rtasida kelishmovchilik kelib chiqqandi.


Комментарии (0) | Добавить: 08.02.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Nega chivinlar ba’zi odamlarni boshqalarga nisbatan ko‘p chaqadi?
Suriyada Rossiyaning "Terminator-2" jangovar mashinasi payqaldi
Kino vaqti reklama qo'ymaslik mumkinmi? Qonunda nima deyilgan?
Eron isbotlangan gaz zaxiralari bo'yicha yetakchilik qilmoqda
Xitoy startapi 8 ming dollarlik elektromobillar sotishni boshlaydi
Nega avtosanoatimiz o'z aravasini o'zi tortolmay, hukumat yordami bilan sudralib kelmoqda?
Facebook seriallar suratga olishni boshlaydi
Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayiti kuni bemorlar holidan xabar oldi
Xayr, maktabim! Mashhur yulduzlar maktab davrida qanday bo'lishgan?
Sankt-Peterburgda “rus Titanigi” haqida film suratga olinadi
AQSh uchinchi davlatlarga “bostirib kirishni” BMT orqali qonuniylashtirish niyatida
Durov: Telegram’ning to'sib qo'yilishi terrorchilarga muammo keltirib chiqarmaydi
Farhon va Shirin ijrosida yangi qo'shiq "Gulim Mani"
O'zbekistonda Ramazon hayiti namozi ado etildi
BAA prezidenti 2014 yildan beri birinchi marta omma oldida ko'rinish berdi
Rossiyada ishlashni istovchilar Toshkentda pullik imtihon topshirishlari mumkin
Zarina Nizomiddinovadan yangi Fotosessiya - 2017
Uzoq masofadan o'q uzish bo'yicha rekord yangilandi
Olimlar tavsiyasi: "Yozda vitaminlar iste`molida ehtiyot bo'ling"
Samsung tarixidagi eng qimmat flagman taqdimotiga oz qoldi
Jenifer Lopez katta ekranlarga qaytmoqda
Sobiq er yuzlab odamlar oldida xotinini chavaqlab tashladi
Google'da bo'sh ish o'rinlarini izlash funksiyasi ishga tushdi
Farg‘ona viloyatida ayol erini yog‘och bo‘lagi bilan o‘ldirib qo‘ydi
Messi «Barselona» akademiyasida to'p tepib yurgan paytlar (video)
Putin va Tramp musulmonlarni Ramazon hayiti bilan qutlashdi
Erdo'g'an Hayit namozi vaqtida hushidan ketdi
Jahonning eng yaxshi futbolchilaridan biri Lionel Messi 30 yoshga qadam qo‘ydi
Qarilikdagi aqli zaiflik xavfini kamaytirishning 6 usuli
Smartfonlar sinovi: Mikroto'lqinli pechdan qaysi smartfon omon chiqdi?