Aspirinning saratondan xalos bo‘lishga yordam berishi ma’lum qilindi

Kardiff universiteti tadqiqotchilari saratonga qarshi odatiy muolajalar davomida aspirinni kamroq dozalarda qabul qilish 20 foiz bemorlarda yashab ketish imkoniyatini oshirishi va saratonning boshqa joylarga ham tarqalishining oldini olishda yordam berishini ta’kidlamoqda. Bu haqda EurekAlert ma’lum qiladi.

Olimlarning so‘zlariga qaraganda, aspirinning kamroq dozasi saratonning bir nechta turi o‘sishini sekinlashtirishda ijobiy natija berishi yuzasidan tobora ko‘proq dalillar paydo bo‘lmoqda.

Olimlar kolorektal rak, sut bezi raki va prostata bo‘yicha ellikka yaqin tadqiqotni o‘rganib chiqdi. Aniqlanishicha, davo muolajasining boshqa turlari bilan birgalikda aspirin qabul qilish o‘lim holatini 15—20 foizga pasaytirgan, shuningdek, yomon sifatli o‘smaning tarqalib ketish xavfini kamaytirishga xizmat qilgan.


Комментарии (0) | Добавить: 21.04.2016
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]