У нас есть только
оригинальные песни

Atamboyev endi nima qilishini aytdi

calendar 20.11.2017
1077

Qirg'iziston prezidenti Almazbek Atamboyevning yakuniy matbuot anjumanida aytishicha, yangi davlat rahbari inauguratsiyasidan so'ng hordiq chiqarishga jo'nab ketadi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

«Men inauguratsiyadan so'ng darhol jo'nab ketishni mo'ljallamoqdaman. Umid qilamanki, 1 dekabrdan men mamlakatda bo'lmayman. Men olti yil davomida ishlashga kuchim va sog'lig'im yetgani uchun yaratganga shukrona keltiraman. Bu juda uzoq muddat bo'ldi», - deya aytib o'tdi Atamboyev.

Shuningdek uning aytishicha, shifokorlar unda doimiy charchoq sindromini aniqlashgan. Atamboyevning ta`kidlashicha, shunday kunlar ham bo'lganki, u hattoki uyquga ham to'ymagan.

«Mamlakat parchalanib ketish va urush arafasida turgan kunlar bo'ldi, hozir bu yo'q hamda, umid qilamanki, umuman hech qachon bo'lmaydi», - deya ma`lum qildi prezident.

Shu bilan birga, Atamboyev 2020 yilgi parlament saylovlarida ishtirok etishi mumkinligini istisno etmadi.

«Parlamentga saylovlar bo'lganida, katta ehtimol bilan, men ro'yxatda 1-raqam ostida bo'laman», - deya aytib o'tdi u.

Яндекс.Метрика