У нас есть только
оригинальные песни

ATLAS KO`YLAKLARINI TOR SHIM, MINI YUBKAGA ALISHGAN O`ZBEK QIZLARI

calendar 10.03.2011
6922
O`zbek qizlari deganda azaldan ko`z oldimizga sochlari o`rimli,ko`ylaklari atlasu, zarli, boshlarida do`ppi , qoshlarida o`sma ko`zlarida surma , so`zlarida sehri bor iboli hayoli qizlar kelardi.. Hozirchi? Hozir ham qizlarimiz shundaymi? Afsuski yo`q. Hozir qizlarimiz atlas ko`ylaklarini tor shim, bir qarichdan sal kaltaroq mini yubkalarga almashmoqda. Qizlarimizga nega atlas qolib shim kiyyabmiz degan savol bilan murajat qilganimda qizlarimiz shunday javob berishdi . Bu kiyimlar zamon talabi zamonaviy bo`lishni hohlaymiz shunga kiyyabmiz deb, bazilari esa bu ohirgi qiyqiriq moddaku deb javob berishdi . Qiziq nahotki biz o`zbek qizlari ochiq sochiq kiyinishni zamonaviylik deb bilsak. Aslida zamonaviylik butunlay boshqa narsaku. Zamonaviylik yangiliklardan habardor bo`lish hayotda o`z o`rniga , fikriga ega bolish jahon tillarini o`rganib tehnika taraqqiyat bilan teng yashab milliylikni saqlash emasmi. Har holda ochiq sochiq kiyinganimiz bilan zamonaviy bo`lib qolmaymiz to`grimi qizlar .Zamonaviy bo`lish uchun eng avvalo zamonaviy fikrga ega bo`lish kerak . Meni kechirasizu bu ochi sochiq kiyinishimizni g`arb qizlari taqlit desak to`griroq bo`ladi .Ho`p taqlit qilib shu shim qurg`urni kiyibsiz endi oynaga yaxshilab qarangchi sizga yarashdimi? Yarashsaku ho`p har holda yarashibdi deb ko`z yumushimiz mumkun.Lekin bazi modani ketidan quvgan lekin modani umuman tushinmaydigan qizlarimiz yarashmasa ham moda deb shim kiyib yurishiga qanday ko`z yumush mumkun..O`sha biz yaratgan shimlarini sevib kiyadigan Mashhur dizayner Dolce Gabanna shunday degan. Modani har kim o`zizga o`zi yaratishi kerak ,Urf bo`lgan narsani emas o`ziga yarashgan narsani moda deb tunshagini shunga go`zallik paydo bo`ladi dunyoni esa go`zallik qutqaradi degan . Endi hulosa qilsak bizni atlas esa har bir o`zbek qiziga yarashadi chiroyiga nazokat ,iboyiga iffat qo`shadi. Tabiiy ipakdan tayyorlangani uchun ham so`glikga foydali. Ho`sh unda biz o`zbek qizlari nega atlasni kam kiyyabmiz . Chunki biz g`arb qizlariga taqlit qilishdan nariga o`tmayabmiz. Yana moda haqida ikki o`giz gapirsam .Hozirda dunyoni mashhur dizaynerlari bizni atlasdan shunaqandi chiroyli liboslar yaratyabdiki natijada dunyoda atlasni narhi va qadri unga bo`lgan qiziqish ortmoqda . Bizdachi? Nahot bizda atlasni qadri tushmoqda.. Yoki o`zbek qizlari o`z atlasini kiyishni yoqtirmaydimi? Nima Atlasdan zmonaviy liboslar yaratsa bo`lmaydimi ? Yoki atlasni chet el liboslaridan kam joyi bormi ? Oldindan oqqan matoni yo`ge suvni qadri yo`q deb shunga aytsalar kerakda. Endi javobsiz qolgan savollarim va kiyinishni bir chetga surib tursamda o`zbek qizlarini undanda kattaroq muammonisi yozsam .Afsuski hozir o`zligini va o`zbekbek qizi ekanini unitib tungi klubi diskatekalardan kelmay u yerda yomon illatlarni ortirib, o`zbek qizi degan nomga do`g tushiryotgan qizlarimiz ham uchrab turibdi. Natijoda o`zbek qizlarini hurmati yigitlar yonida tushib qolmoqda. Bunga esa qizlar ko`pincha o`zimiz aybdormiz.. Chunki biz o`zligimiz turib boshqalarga taqlit qilib yashayabmiz .Aslida biz o`zbek qizlari taqlit qilsa fahrlansa arzigulik ajdodlarimiz To`marisu ,Bibihonimlarda, Uvaysiyu, Nodirabegimlardan, Zulfiyahonimdek shoira , aqlli, dono vafoli ajdodlarimizday bo`lishimiz ham farz ham qarzdir, Bejizga aytishmagan qadryatyarini qadrlagan xalk buyuk va abadiy millat deb . Biz avvalo ayol bo`lajak onamiz o`zbekiston kelajagi bo`lmish yosh avlodni tarbiyalash bizni zimmamizda shunday ekan avvalo o`zimizni tarbiyamizi tuzatib mukammalasjtirishimiz kerak . To`gri bu gaplarimda biroz bo`rtirish bordur bu ham o`zbekchilikda, Bu gapim bilan kimnidir qoralamoqchi yoki o`zbek qizlarini yomonlab asabiga tegmoqchi emasman chunki men ham ana shu o`zbek qizining bittasiman .Men faqat ko`zga tobora ko`rinayotgan va tan olishimiz kerak bo`lgan muammoni yozmoqchi bo`ldim holos. Besh qol barobar emas o`zbek nomini butun dunyoga tanitayotgan sporchi , olima, sanatkor, tadbirkor iboli qizlarimiz ham ko`plab topiladi .Prizidentimiz aytganday biz hech kimdan kam emasmiz kam bo`lmaymiz ham. Shundoq ekan kelin o`zbek qizlari kerak bo`lsa boshqa millat qizlari bizga taqlit va havas qilsin ahir biz bunga arzimiz. Kelin aziz o`zbek qizlari o`zimizni sanatimiz, atlasimiz, ibo hayomiz bilan dunyoga o`zbek qizi qanaqa bo`lishini ko`rsatib qo`yayalik. Qayerda bo`lmaylik o`zbek qizi ekanimizi unutmaylik. Kelin jon qizlar shu shim qurg`urni asl egalari yigitlarga qaytarib undan ko`ra atlasimizi kiyaylik. Ajdodlarga munosib avlod Avlodlarga munosib ajdod bo`laylik. O`zligimizcha o`zbek qizi bo`lib qolaylik.
Яндекс.Метрика