У нас есть только
оригинальные песни

«Avatar – 2» kartinasining chiqishi muddati noma'lum muddatga qoldirildi

calendar 22.01.2016
1153

Rejissyor Jeyms Kemeronning «Avatar – 2» kartinasi chiqishi muddati noma'lum muddatga qoldirildi. Bu haqda The Wrap nashri xabar tarqatdi.

Manbaga ko'ra, film dastavval 2017 yilning rojdestvo bayrami arafasiga ekranga chiqishi rejalashtirilgandi. Endilikda film mazkur muddatgacha tayyor bo'lmasligi ma'lum qilindi.

21 yanvar, payshanba kuni 20th Century Fox kinostudiyasi filmning kechikishi bo'yicha izoh berishdan bosh tortdi. Manbalar esa ikkinchi «Avatar»ning kinoekranlarga chiqarilish muddati rostan ham kechiktirilganini tasdiqlagan.

«Avatar» filmining dastlabki qismi 2009 yilda ekranlarga chiqarilgan va kino tarixidagi eng kassabop filmga aylangandi. Keyinchalik Kemeron mazkur kartinaning uchta davomini suratga olishini ma'lum qilgandi. Unga ko'ra, uchinchi va to'rtinchi qismlar 2018 va 2019 yillardagi bayram arafasida chiqishi rejalashtirilgandi. Hozircha mazkur rejalar ham o'zgartirilgani borasida ma'lumotlar yo'q.

Bu «Avatar – 2» kartinasining ekranlarga chiqish muddatining ikkinchi bor kechikishi sanaladi.

Яндекс.Метрика