У нас есть только
оригинальные песни

Aviakompaniyalar badavlat yo'lovchilarning injiqliklari haqida so'zlab berishdi

calendar 19.08.2018
1037

Xususiy aviakompaniyalar badavlat mijozlardan olgan “telbanamo” talablar haqida so'zlab berishdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda

Misol uchun, bir mijoz ot, boshqasi esa boshqa joyga ko'chib o'tish uchun ikkita samolyot uchun haq to'lagan. Yevropadan Amerikaga yo'l olgan yana bir mijoz esa uning iti toza havoda sayr qila olishi uchun parvoz vaqtida qo'shimcha to'xtash amalga oshirilishini so'ragan. 

Yana bir yo'lovchi gurmanlar uchun buterbrodlar va yangi meva-sabzavotlar buyurtirgan. Bu buyurtmada hammasi risoladagidek tuyulishi mumkin, ammo yeguliklar to'tiqush uchun mo'ljallangan bo'lgan.

Yana bir mijoz 4 ta samolyotni ijaraga olib, oilasi bilan Floridadagi Disney World ko'ngilochar bog'iga yo'l olgan. Barcha samolyotlar Disney ertaklariga monand bezalgan bo'lgan. 

Shuningdek, samolyot oynasidan chiroyli manzaralar ko'rish ishtiyoqida bo'lgan mijozlar uchun parvoz yo'nalishini o'zgartirishga ham to'g'ri kelgan.

50 yoshini samolyotda tort va shamchalar bilan nishonlash istagida bo'lgan bir mijoz uchun samolyot bortiga o't o'chiruvchi olishga to'g'ri kelgan, chunki bunday mutaxassissiz bortda ochiq alanga qo'llash mumkin emas.

Shuningdek, it, to'tiqush, vino va hattoki uyda qoldirilgan uyali telefon uchun samolyot buyurtirish holatlari ham uchrab turadi. Yana bir mijoz esa unga Nyu-Yorkdan Chikagoga taom yetkazib berish uchun samolyot buyurtirgan.

Bir juftlik esa samolyotni 6 soatga band qilgan. Samolyot bortida vino, spa-muolajalar bo'lgan, taniqli opera qo'shiqchisi esa juftlikka qo'shiqlar ijro etib bergan. Samolyot bunday “jo'shqin” parvozdan keyin havoga ko'tarilgan shahriga qaytgan.

Яндекс.Метрика